This article is also available in:

Narx jadvallarini Excel orqali import qilish

Ko'p sonli mahsulotlarga Narx jadvallari tayinlagan bo'lsangiz, ularni birma-bir o'zgartirish o'rniga hammasini Excel fayli orqali to'plam holida yangilashingiz mumkin. Buning uchun avval mahsulotlar ro'yxatini Excel formatida eksport qilasiz, faylda yangi narxlarni tayyorlaysiz, so'ngra bu faylni narx jadvallariga import qilasiz.


Mahsulotlar ro'yxatini eksport qilish


Orqa panelda Menyu → Mahsulotlar bo'limiga kiring. Bu yerda barcha mahsulotlaringiz ko'rinadi. Yuqori o'ng qismdagi jadval (ustun) belgisiga bosib sizga kerak bo'lmagan ustunlarni yoping va faqat Ism va Narx ustunlarini faol qoldiring.


Keyin yuqori o'ngdagi eksport (yuklab olish) belgisiga bosing, ochilgan oynada Ro'yxat ni tanlang va Yuklab olish tugmasi bilan faylni Excel formatida kompyuteringizga yuklab oling.


Excel faylini tayyorlash

Yuklab olgan Excel faylingizni ochganingizda oldingizga uch ustun chiqadi: Id, Ism va Narx.

  • Faylda yangi price ustuni yarating.
  • Id ustunining nomini o'zgartirib product_id qiling.
  • Mahsulotlar nomi va joriy narxiga qarab price ustunida yangi narxlarni kiriting.
  • Narxini o'zgartirmoqchi bo'lmagan mahsulotlar qatorlarini o'chiring.
  • Yangi narxlarni yozib tugatgandan so'ng Ism va eski Narx ustunlarini o'chiring. Faylda faqat product_id va price ustunlari qolishi kerak.

Shu tarzda mahsulot ism va narxiga qarab Price ustunida yangi narxlarni kiritamiz.


Yangi narxlarni qo'shgandan so'ng Ism va Narx ustunlarini o'chiramiz va excel faylimiz shu holatda import qilish uchun to'liq tayyor bo'ladi.

Faylni narx jadvaliga import qilish

Orqa panelga qayting va Ilovalar → Narx jadvallari bo'limiga o'ting. Yaratgan jadvalingiz qarshisidagi Import tugmasiga bosib tayyorlagan Excel faylingizni qo'shing.

Shundan so'ng fayldagi mahsulotlarning har biriga tegishli narx jadvaliga mos ikkinchi narx tayinlanadi.


Updated on: 08/07/2026

Was this article helpful?

Share your feedback

Cancel

Thank you!