🧾 Endi QR Menyuga Reklama Qo‘shish Mumkin!
Restoran egalari endi Back Office → QR Menu → Reklamlar bo‘limi orqali reklama (banner rasmi + matn)yaratishlari mumkin! 🎉
Mijoz menyuni ochganda, reklama popup tarzida chiqadi.
🔑 Asosiy afzalliklar:
- Chegirmalar, aksiyalar va maxsus menyularni bevosita QR menyuda targ‘ib qilish imkoniyati
- Mijozlar reklamani darhol ko‘radi — izlash shart emas
- Reklamalarni boshqarish juda oson: qo‘shish, tahrirlash, yoqish/o‘chirish
👩🍳 Restoran egalari uchun (Back Office):
Yangi “Reklamalar” bo‘limi QR Menu modulida joylashgan.
Bu yerda siz:
- Rasm yuklashingiz
- Ixtiyoriy sarlavha va tavsif qo‘shishingiz
- Reklamalarni saqlash va boshqarishingiz mumkin.
Bir vaqtning o‘zida faqat 1 ta faol reklama bo‘lishi mumkin.
Reklamalar ON/OFF tugmasi bilan boshqariladi.
📱 Mijozlar uchun (QR Menu):
- Agar faol reklama bo‘lsa → menyu ochilgandan 2 soniya o‘tib popup chiqadi
- Agar reklama bo‘lmasa → menyu oddiy holatda ochiladi
Updated on: 20/11/2025
Thank you!