> ## Knowledge Base Index
> Fetch the complete knowledge base index at: https://az.help.clopos.com/sitemap.xml
> Use this file to discover available pages before exploring further.
> Pure-Markdown content can be obtained by appending a '.md' suffix to the content URLs listed in the sitemap (without the trailing slash).

# QR Menyu - Menyu Tuzilishi

# QR Menyu - Menyu Tuzilishi
Ushbu bo'lim **QR Menyu** uchun maxsus tayyorlangan. Bu yerda qilingan o'zgarishlar faqat QR menyuga ta'sir qiladi — terminalda ko'rinadigan menyuga emas. QR Menyu tuzilishida mahsulotlar va kategoriyalar ketma-ketligini o'zgartirishingiz mumkin. Masalan, eng ko'p sotiladigan mahsulotlarni yuqoriga ko'chirishingiz, mavsumiy takliflarni birinchi o'ringa chiqarishingiz mumkin.

### Bo'limga kiring
* Orqa panelga (Back office) kiring.
* Chap menyudan **QR Menyu** bo'limini tanlang.
* **Menyuni tahrirlash** qismiga bosing.

![](https://storage.crisp.chat/users/helpdesk/website/-/7/4/0/e/740e20bde3bec000/55_jo9prn.png)

### Kategoriya tanlang
Ekranda menyu Kategoriyalari ustun shaklida ko'rinadi.
* Istalgan kategoriyaning ustiga bosing.
* Tegishli kategoriyaga oid **Mahsulotlar** ustuni ochiladi.
* Ushbu ustunda o'sha kategoriyaning barcha mahsulotlarini ko'rasiz.

### Ketma-ketlikni o'zgartiring (Surgab tashlash)
* O'rnini o'zgartirmoqchi bo'lgan **mahsulot** yoki **kategoriyaning** yonidagi **ikki chiziq (☰)** belgisi ustiga sichqonchani olib boring.
* Bu vaqtda **kursor qo'l** (✋) belgisiga aylanadi.
* Sichqonchaning **chap tugmasini bosib** turing.
* Elementni xohlagan joyga, **yuqoriga** yoki **pastga** qarab torting.
* Istalgan joyga kelganda sichqonchani **qo'yib yuboring**.

|| Eslatma: Xuddi shu jarayonni kategoriyalar va mahsulotlar uchun ham qo'llash mumkin.

### O'zgarishlarni saqlang
* Barcha tahrirlarni qilgandan so'ng yuqori o'ng burchakdagi **"Saqlash"** tugmasini bosing.
* O'zgarishlar **darhol QR menyuda** ko'rinadi.

|| 💡 Muhim: "Saqlash" tugmasini bosmasangiz, qilingan o'zgarishlar saqlanmaydi. Agar ham terminalni, ham QR menyuni bir vaqtning o'zida yangilamoqchi bo'lsangiz, har ikkala bo'limda ham alohida o'zgartirishlar kiritishingiz kerak.